Buyuk allomalar muzeyida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimi Zafar Ro‘ziyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” rahbari Inomjon Azimov, Farg‘ona viloyati hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Qo‘qon shahar hokimining maslahatchisi Dilfuzaxon Alimova, tarixchi va adabiyotshunos olimlar, Qo‘qon davlat pedagogika instituti professor- o‘qituvchilari, iqtidorli yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan konferensiyada “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika ko‘rik-tanloviga tavsiya etilgan Qo‘qon shahrida davlat tilini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.