Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarga tashrif buyurgan tomoshabinlar ayniqsa belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuvlarni katta qiziqish bilan tomosha qilmoqdalar. Shahrimizning turli mahallalaridan nomzod yoshlar halol g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qilmoqdalar.
Stritbol va futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar ayniqsa jamoaviy sport turlariga qiziqadigan yoshlar o‘rtasida murosasiz kechmoqda. Maykl Djordan, Medjik Djonson an’analarini davom ettirgan holda ishtirokchilar nafaqat g‘alaba nashidasi istagida, balki chiroyli o‘yin namoyish etib, tomoshabinlarni xushnud etishga harakat qilmoqdalar.
G‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan yoshlarga Yoshlar agentligi va Qo‘qon shahar prokuraturasi rasmiylari Sertifikat, medallar va esdalik sovg‘alarini topshirmoqdalar.