Fri. Dec 1st, 2023

Davlatimiz rahbari raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan mehant yarmarkasida yuzlab yoshlar ishtirok etdilar.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov davlatimiz rahbari tomonidan olg‘a surilgan yangi tashabbuslar ta’lim olayotgan yoshlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Mehnat yarmarkasida davlat idoralari bilan bir qatorda korxona-tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlariga 100 dan ziyod yoshlarga ishga yo‘llanmalar berildi.