Seminarda prezidentimizning «Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni mazmun mohiyati, mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik sub’ektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda tadbirkorlar va mahalla o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Seminarda «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan “Avilon tekstil'” korxonasi rahbariga soliq imtiyozlarini tasdiqlovchi sertifikat tantanali ravishda topshirildi.