Sat. Apr 27th, 2024

Erta tong sahardan Qo‘qon shahridagi barcha saylov uchastkalarida yurtimiz davlat madhiyasi yangrab, o‘z kelajagini belgilash ishtiyoqida kelgan hamshaharlarimiz uchastkalarga oqib kirdilar.

Saylovni yoritish uchun akkreditasiyadan o‘tgan respublika, viloyat va shahar ommaviy axborot vositalari, kuzatuvchilar oldida urnalar muhrlanib, saylov jarayoni boshlandi.

Ovoz berish jarayonida turli yoshdagi hamshaharlarimiz hamda turli millat vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqdalar.

Mamlakatimiz kelajagini belgilovchi umumxalq siyosiy bayramiga aylangan saylovga fuqarolar ko‘tarinki kayfiyatda, uyushqoqlik bilan to‘lqin, to‘lqin bo‘lib kelmoqdalar.