Wed. Jun 26th, 2024

Xususan, 7-Bolalar musiqa va san’at maktabida “Til millatning o‘zligi” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan o‘zbek tilining nufuzi va ahamiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tib, barchani kirib keltayotgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘z faoliyatini davom ettirayotgan Qo‘qon shahar hokimining sobiq o‘rinbosari Barnoxon Xasanova, shahar hokimining maslahatchisi Dilfuzaxon Alimovalar tadbirni o‘zgacha qiziqarli tarzda tashkil etilishiga katta hissa qo‘shdilar.

O‘zbekiston davlat madhiyasining barcha ishtirokchilar tomonidan, jo‘r bo‘lib, ijro etilishi, mustabid tuzum davrida millat erki va farovonligi yo‘lida kurashib, qurbon bo‘lgan shoir va yozuvchilar haqidagi sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq, she’rlar va g‘azallar tadbirni qiziqarli va his-tuyg‘ularga boy bo‘lib o‘tishini ta’minladi.