Sat. Jun 22nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Lal Baxodir Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi rahbari Sitesh Kumar, Qo‘qon shahar hind madaniyati maktabi (Kokand Indian study room) o‘quvchilari, shahrimizda hind madaniyatini namoyish etishda ishtirok etayotgan badiiy to‘garaklar ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston va Hindiston davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari, davlatlar o‘rtasida imzolangan kelishuvlar natijasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani e’tirof etildi.

Qo‘qon shahar hind madaniyati maktabi (Kokand Indian study room) va “Tarona” raqs ansambli rahbari Nargizaxon Yunusovaning sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan tadbirda shahrimizda hind madaniyatini targ‘ib etishda ishtirok etayotgan yoshlar e’tirof etilib, badiiy dastur namoyish etildi.