Mahalla tizimi mutasaddilari, jamoat tashkilotlari, aholi farovonligi uchun mas’ul barcha idora-tashkilotlar mas’ullari, harbiy xizmatda halok bo‘lganlarning ota-onalari, imom-hatib, otinoyilar, mahallalardagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, turli millatlar vakillari, nuroniylar, ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda el-yurt uchun dasturxon yozilib, mamlakatmizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayot, yoshlar tarbiyasi, odob-ahloq, davlatimiz rahbari boshchiligida turli sohalarda jadallik bilan olib borilayotgan islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari xususida suhbat qurildi.
Darhaqiqat, bir necha yil avval ham bunday mazmundagi davralarni tasavvur etish ham qiyin edi. So‘nggi davrda din va vijdon erkinligi, milliy qadriyatlarimizni tiklash va keng targ‘ib etish borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Iftorlik marosimida qilingan duolarda ham ushbu ishlar e’tirof etilib, yoshlarimizga ofiyat, ilmini ziyoda qilish, ota-onalarga farzand tarbiyasida ma’uliyat, ibodatda bo‘lganlarga husni-xulk, yurtimiz iqtisodiyetini rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlar qatoriga o‘tishi, extiyojmand fuqarolar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi yoshlarimiz baxtli xayot kechirishi, nuroniylarimiz uzok yillar umr guzaronlikda umr ko‘rishi, yurtimizga omonlik, Yurtboshimizga o‘zoq yillarga sog‘lik-salomatlik tilab, istaklar bildirildi.