Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov va nuroniylar hamrohligida 2-sonli bolalar uyida tarbiyalanuvchilarini Yangi yil bilan muborakbod etib, Prezident sovg‘alarini topshirdi.
Qorbobo, qorqiz, ertak qaramonlari va bolajonlar ishtirokida namoyish etilgan badiiy dasturda bayram mehmonlari ham katta ishtiyoq bilan ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotgan tarbiyachilarga alohida minnatdorchilik izhor etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hususida to‘xtalib o‘tdi.