Fri. May 24th, 2024

O‘zbekiston chempionatining vodiy mintaqasi saralash musobaqalarida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar ishtirok etmoqdalar.

 

Qo‘qon shahridagi bellashuvlarning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Shahar hokimi mamlakatimizda so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan yoshlar futbolini rivojlantirish, xalqaro darajadagi sport infratuzilmasini yaratish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlashga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

14 yoshli qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda g‘alaba qozongan jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanma oladilar. Soat 8:00 dan 11:00 gacha 27-maktab stadionida o‘tkazilayotgan futbol bellashuvlariga barcha sport ishqibozlarini taklif etamiz.