Tue. Jun 25th, 2024

Qo‘qon shahrida “Onalarga” ehtirom festivali o‘tkazildi

Jamiyatimizda yurtimizda azaldan urf-bo‘lgan ezgu qadriyatlarimizni qaror toptirish, ayollarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida o‘tkazilgan festivalning taqdirlash marosimida Qo‘qon shahar hokimi ham ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ijtimoiy muammolarini hal etish, salohiyatlarini namoyon etishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, festival nominantlarini qizg‘in muborakbod etdi.

O‘rda tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda bayramona dasturxon, milliy kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.

Festivalda “Eng exshi mutaxassislar onasi”, “Eng yaxshi tadbirkorlar onasi”, “Eng mehnatkash ona”, “Eng yaxshi yurt fidoiysi onasi”, “Yurt iftoxorlari onasi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha shahrimiz ayollar hamda turmush qurganlariga 50-yildan oshgan va namunali hayet kechirayetgan oilalar mukofotlandi.