Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Uzumzor” mahallasida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash va qurilish ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga ko‘p qavatli uylar raqamlari va ijtimoiy reklama pannolarini o‘rnatish, qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilishi munosabati bilan va davlatimiz Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Ayni paytda fuqarolar ham xonadonlarini tartibga keltirib, bayramga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qozonlarda milliy an’analarimiz asosida chalpak pishirilib, aholiga tarqatilmoqda.
Marufjon Usmonov fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, bu yerda davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi asosida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatimizda olib borilayotgan xalqparvar siyosat xususida ma’lumot berdi.