Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Sep 16th, 2024

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan ommaviy saflanish tadbirida bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov ma’lum qildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Azizbek Ikramov sektorlar rahbarlari, Milliy gvardiya, huquq-tartibot va huquqni muhofaza qilish idoralari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, sog‘liqni saqlash, mahalla tizimi mutasaddilariga shahrimizda fuqarolar xavfsizligi, jamoat tartibini ta’minlash, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan tizimli ishlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdilar.

Ayni paytda, saflanish tadbirida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi doirasida uchastka nozirlari, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari, tunggi patrul xizmatlari va shahrimizda jamoat tartibini ta’minlash uchun mas’ul barcha mutasaddilar hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.

Click to listen highlighted text!