Qo‘qon universitetida 40, 50, 60-yildan ortiq vaqt birga baxtli hayot kechirgan nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida “Qo‘sha-qarish saodati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda yosh oilalar, muammoli va ajrim yoqasidagi oilalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. “Isfaraguzar” MFYdan 60-yil birga ahil yashagan o‘qituvchi Maxmudovlar oilasi, “Aziztepa” MFYdan 53-yil birga ahil yashagan harbiylar-Rajabovlar oilasi, “Baqachorsu” MFYdan 51-yil birga ahil yashagan shifokorlar-Sotiboldiyevlar oilasi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning hayotiy tajribalari, pand-nasihatlaridan bahramand bo‘ldilar.