Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri obodonlashtirish boshqarmasida xizmat qilayotgan ayol-qizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etdilar.
Marufjon Usmonov soha vakillarining shahrimiz obodonchiligi yo‘lidagi fidokorona va mashaqqatli mehnatlarini e’tirof etib, kirib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Ayollar uchun bayramona dasturxon yozilib, gullar va sovg‘alar tuhfa etildi. Konsert dasturi namoyish etilib, bayramona kayfiyat bahshida qilindi.