Sun. May 12th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Baxt uyi” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov shahrimiz ozodaligi yo‘lida betinim mehnat qilayotgan zahmatkash ayollarni bayram bilan muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdi.

Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida to‘plangan ayol-qizlar uchun badiiy dastur namoyish etilib, milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi.