Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha kunlik tonggi shtab yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda mutasaddilarning dastur bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan hisoboti, mavjud muammo, masalalar bo‘yicha axborotlari tinglandi.

 

Hususan, mahallalarda ijtimoiy ruyxatlarga kiritilgan ayollar muammolarini o‘rganish bo‘yicha 47-“Rayxon” mahallasida 48 ta xonadon o‘rganildi. O‘rganish natijasida aniqlangan 5 ta masala va muammolar mutasaddi idoralar va homiylar yordamida hal etildi.

 

1 mart kuni 10 nafar ayollar va 13 nafar ishsiz yoshlar ishga joylashtirildi. 47, 51-mahallalar hududida keraksiz beton qurilmalari, eski garajlar maxsus texnika yordamida olib chiqib ketildi. “Zilol” mahallasida ichimlik quvuridagi nosozlik bartaraf etildi.

 

Shahar hokimi mutasaddilarga dastur doirasidagi ishlarni o‘z vaqtida uyushqoqlik bilan bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.