Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha shtab yig‘ilishida mutasaddilarning hisobotlarini tingladi.

 

Hususan, dastur ijrosi doirasida “Shikorbegi” mahallasida 100 tup manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekildi.

 

“Zilol” mahallasida yashil hudud, avtoturargoh va ochiq havodagi milliy marosimlar o‘tkazish maskani qurilishi uchun eski garajlarni demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.

 

“Yangi Chorsu” mahallasida ijtimoiy ruyxatda turuvchi ayolning xonadoni yangitdan qurib berilmoqda.

 

Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomrnidan Turkiston ko‘chasida yangi qurilgan ko‘pqavatli uylarga yangi yer osti elektr kabeli tortib kelinmoqda.

 

Shahar hokimi dastur doirasidagi ishlarni o‘z vaqtida, uyushqoqlik bilan bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.