Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha kunlik tonggi shtab yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joylardagi shtab vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillarining bajarilgan ishlar, mavjud muammolar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Shahar hokimi dastur doirasidagi ishlarni uyushqoqlik bilan, o‘z vaqtida bajarish, aholi takliflarini inobatga olish, obodonlashtirish ishlariga mahallalar aholisini ham targ‘ib etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.