Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limida faxriylar bilan muloqot qilib, davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalarini muhokama etdi.
Tadbir so‘nggida jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelayotgan nuroniylarga Qo‘qon shahar hokimining Tabriknomasi va bayram sovg‘alari topshirildi.