Prezidentimizning “YEr uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, shu jumaladan, “er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanishi ustidan qat’iy prokuror nazoratini o‘rnatish” belgilangan.
Ayni paytda shahrimizda ushbu qaror ijrosini ta’minlash, yerlardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, piyodalar yo‘laklarini to‘sib olib savdo qilayotgan, noqonuniy qurilmalarni qurib olgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan choralar ko‘rilmoqda.