Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga 20-mart kuni bo‘lib o‘tadigan bayram sayli va konsert dasturini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Umuman olganda, bayram kunlari Yoshlar bog‘ida konsert dasturidan tashqari turli ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, dorbozlar tomoshalari, bahorgi taomlar degustatsiyasi, sport o‘yinlari, viktorinalar o‘tkaziladi.

21-mart kuni iftorlik vaqtida xalqqa osh berilishi ham rejalashtirilgan. Yoshlar bog‘idagi attraksionlar ham bayram kunlari bolajonlarga oqshomga qadar xizmat qiladi. Marufjon Usmonov tadbirlar o‘tkaziladigan hudud va sahnani ko‘zdan kechirib, Navro‘z tantanalarini esda qolarli qilib o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.