Xususan, 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz Yangi O‘zbekiston kelajagimiz” deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Marufjon Usmonov Yapon ta’lim tajribasini joriy etishda yuksak natijalarga erishayotgan maktab jamoasi va ota-onalarni bayram bilan muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdi. Ushbu yangi tizimni joriy etishda yaqindan ko‘mak berayotgan yaponiyalik mualimma ham O‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi, odob-ahloqi hususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dasturda Ona-Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat, milliy an’analirimzga sadoqat g‘oyalari kuy va qo‘shiqlar, samimiy tilaklar va tabriklarda o‘z aksini topdi.