Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari doirasida mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona-tashkilotlar va hunarmandlar tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etilgan.

Sahnada fol’klor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, iste’dodli an’anaviy ijrochilar va estrada artistlar ishtirokida milliy kuy-qo‘shiqlar, raqs va tomoshalar namoyish etilib, aholiga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etilmoqda.

Sport maktablari va turli sport to‘garaklari tarbiyalanuvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilmoqda. Kitob rastalarida badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, hamda bolalar uchun kitoblar taklif etilmoqda.

Tasviriy san’atda iqtidori bor yoshlar yashil maydonlarda shahrimiz manzaralari rasmlarini chizmoqda, ashula va raqs to‘garaklari chiqishlari o‘tkazilmoqda. Qadimiy urf-odatlarimiz va xalq o‘yinlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari bo‘lgan kuy va qo‘shiqlar yangramoqda.

Savdo rastalarida aholiga milliy hunarmandchilik va pazandachilik mahsulotlari taklif etilmoqda. Katta qozonlarda sumalak va osh aholiga tortiq etish uchun tayyorlanmoqda.

Bayram sayliga tashrif buyurgan hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlari yuzida tabassum, bayram o‘yin-kulgu, ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.