Xususan, Ko‘zi ojizlar ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan tantanada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Shahar hokimi barchani bayram bilan muborakbod etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtidorlarini namoyon etishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.
Sektor rahbarlari maktab tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishib, o‘quvchilarga o‘qishlarida ulkan zafarlar tiladilar.