Wed. Jun 26th, 2024

Erta tongdan Qo‘qondagi mahallalarda bayram munosabati bilan yurtga osh berilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

 

Xususan 21-“G‘alchasoy, 28-“Achiqko‘l”, 45-“Ashurali Zohiriy”, 31-“Islomobod, 35-“Aziztepa”, 16-“Degrezlik”, 54-“Shirin” mahallalarida ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarga saxovat yordam ko‘rsatildi.

 

Ayollar uchun ham bazm dasturxonlari yozilib, bayram tadbirlari milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida, uyin-kulgu, hursandchilik bilan o‘tkazildi.

 

Mahallalarda milliy urf odatlarimizga asosan, sumalak solinib, chalpak, ko‘k somsa kabi pishiriqlar mahalla aholisiga tarqatildi.

 

Bayram tadbirlarida Qo‘qonlik yoshlar ham faol ishtirok etib, saxovat ishlariga, mahalla-kuy bayramona tashvishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.