Prezidentimizning “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/docs/5668623) qaroriga asosan bepul o‘tkazilayotgan jarroxlik amaliyotlari oldidan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Shoshilinch tibbiy markazi klinikasida bemorlardan xabar oldi.
Marufjon Usmonov shifokorlar hamrohligida operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan bemorlar va ularning yaqinlari bilan muloqotda bo‘ldi.
Suhbat chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi bemorlarga dalda berib, mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayligina yuqori texnologik operatsiyalarni Qo‘qon shahrining o‘zida o‘tkazishga imkon yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.