Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ta’lim, mahalla tizimi mutasaddilari, Diniy qo‘mita, Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi mas’ullariga shahrimizda o‘tkazilayotgan ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, tadbirlarda olingan ma’lumotlarni mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot uchun; Ijtimoiy-siyosiy vaziyatni yana-da barqarorlashtirish, aholining siyosiy onggini oshirish maqsadida shahrimizdagi yirik savdo markazlari, ta’lim muassasalari, masjidlar va mahallalarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda 50 mingdan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.
25-noyabrga qadar o‘tkaziladigan tadbirlarda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan shahrimizning barcha fuqarolarini qamrab olish rejalashtirilgan.