O‘zbekiston mahallalar uyushmasi ma’ul kotibi Sobir Murodov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada Prezidentimizning “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdagi dolzarb masalalar muhokama etildi.
Asosiy e’tibor aholining ijtimoiy xayotini yaxshilashda mahalla tizimi mutasaddilarining hamkorlikdagi samarali faoliyatini tashkil etish, bu borada yangicha tizim asosida yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi.