Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholining ijtimoiy muammolarini “xonadonbay” o‘rganib, hal etish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Anvarjon Parpiev joriy yilning so‘nggi 7 oyi davomida jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etdi.