Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla tizimi mutasaddilari, kuni tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullarga fuqarolarning muammolarini “xonadonbay” hal etish, mahallalarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni yanada yaxshilash, aholining siyosiy faolligini, mamlakatimizda kechayotgan siyosiy jarayonlar borasida xabardorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Bugundan boshlab mahalla tizimi mutasaddilari faoliyatini baholab boramiz, mahallada faoliyatini samarali tashkil etgan mutasaddilar e’tirof etiladi va taqdirlanadi”, dedi Marufjon Usmonov.