Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar uyida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat va davlat tomonidan ko‘mak va yordam berish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etishg bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar hususida to‘xtalib o‘tib, barchaga samimiy tilaklarini bildirdi.

Shahar hokimi imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan samimiy muloqot qilib, sovg‘alar tuhfa etdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan tadbirda kuy-qo‘shiqlar yangrab, uyin-kulgu va tomoshalar barchani hushnud etdi.