Sat. Apr 27th, 2024

Farg‘ona viloyatidagi shahar, tumanlar hokimlari “Muqimiy” tarixiy-badiiy filmi premerasini Qo‘qon shahrida tomosha qildilar.

 

Prem’era oldidan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mehmonlarni Xudoyorxon O‘rdasi bilan tanishtirib, Qo‘qon shahrining qadimgi tarixi va madaniyati xususida so‘zlab berdi.

 

Qo‘qon musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan “Muqimiy” kinofil’mi namoyishidan so‘ng o‘tkazilgan muhokamada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov va boshqalar, asosan Qo‘qon shahrida, o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan sur’atga olingan, fil’m borasida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.

 

Fil’m «O‘zbekfil’m» DUK tomonidan, Fotih Jalolov rejissyorligida suratga olingan bo‘lib, asosiy rollarni Ulug‘bek Rustamov, Egamberdi Rahimov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev, Ma’rifat Ortiqova, Gulruh Pirnazarova kabi aktyorlar ijro etgan.

 

Qo‘qon shahar hokimi prem’erada ishtirok etgan fil’m ijodkorlariga minnatdorchilik izxor etib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.