Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidjon Axmedovlar Qo‘qon muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari, adbiyotshunoslar va sohaga aloqador mas’ullar bilan davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalarini muhokama etdilar.
Tadbir so‘nggida madaniy me’ros va muzeylar faoliyatiga katta hissa qo‘shgan fidoiylarga O‘zbekiston madaniy me’ros agentligining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.