Xususan, Respublika ishchi guruhi tomonidan Qo‘qondagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan “Hamkorlik dasturi” mutasaddi idora-tashkilotlar ishtirokida muhokama etildi.
Muhokama chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mas’ullarga davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda yaxlit, tizimli hamkorlik mexanizmini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Ushbu hamkorlik “Qo‘qon shahrida aholini ma’rifatga chorlash, ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarning 2024-yilning iyul-dekabr oylariga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi” asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.