Qo‘qon shahrida maktab o‘quvchilari kasb va hunarlarga o‘qitilmoqda
Prezidentimizning maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan vazifalari ijrosi doirasida 23-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida pazandachilik to‘garagi tashkil etildi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov to‘garaklarni zamonaviy uskunlar bilan jihozlash va zarur ashyolar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratdi.
Ayni paytda, soha mutaxassislari boshchiligida, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni maktab oshxonasi va shahardagi savdo do‘konlariga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.