Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov maktab direktorlari bilan muloqot qilib, o‘quvchilarni xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yoshlarni xalqaro standartlar asosida ingliz tiliga o‘qitish, ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

“1-sentyabrga qadar barcha maktab direktorlari ingliz tilini o‘rganishi shart”, dedi Marufjon Usmonov.

Har bir maktab kamida 10 ta IELTS ni 7 darajasida biladigan o‘quvchilarni tarbiyalash uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi.

Maktablardagi ingliz tili sinfxonalarining zarur o‘quv dastgohlari va jixozlari shahar byudjeti hisobidan olib beriladi.

Qo‘qon shahar hokimi shaxsan o‘zi ham 1-sentyabrga qadar ingliz tilini o‘rganishga va oila a’zolari, farzandlari IELTS ni 7 darajasini tasdiqlovchi sertifikat olib, hisobot berishini bildirdi.

“Maktablar o‘rtasida ingliz tilini o‘qitish darajasi bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan maktablar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi”, dedi Qo‘qon shahar hokimi.

Yig‘ilishda shuningdek, shahrimizda faoliyat yuritayotgan nemis tili maktabida xorijiy tillar bo‘yicha sertifikat olish bo‘yicha imkoniyatlari yuzasidan ma’lumot berildi.