Sun. Apr 28th, 2024

27-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Feruzaxon To‘xtaboyeva yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faolligi uchun Milliy Gvardiya qo‘mondonining “Ma’naviyat a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Qo‘qon shahar Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mutasaddilari ishtirokida ko‘krak nishonini Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkatjon Akbarov tantanali ravishda topshirib, samimiy tilaklarini bildirdi.