Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla tizimi mutasaddilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, mahallalarda ma’naviy muhitni yaxshilash, oilalar mustahkamligi, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi, shuningdek mas’ullarga, aholining kommunal idoralari va soliqlardan bo‘lgan qarzdorliklarini bartaraf etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi.