Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidxon Djo‘raev mahalla tizimi mutasaddilarini kasb bayramlari bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashdagi fidokorona mehnatlari uchun bir qator mahalla raislari Qo‘qon shahar hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan mahallalarda tashkil etilgan kutubxonalar uchun adabiy-badiiy kitoblar to‘plamlari ham tuhfa etildi.
Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida to‘plangan mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib bayramona kayfiyat ulashildi.