Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahridagi mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan seminarlarda mahalla faoliyatiga oid tashkiliy-huquqiy asoslar, raislarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha o‘quv seminarlarda ishtirok etgan edilar.

 

Kuni kecha Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodirjon Holiqov va sektorlar rahbarlari mahalla raislariga malaka sertifikatlari, guvohnomalar va ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirdilar.

 

Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mahalla tizimini rivojlantirish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilarning vakolatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mahalla tizimida yangi tashkil etilgan lavozimlar xususida to‘xtalib o‘tib, mahalla raislariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.