Thu. Apr 25th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan joriy yilning may oyida mamlakatimizda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari vazifasiga saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan.

 

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining sessiyasida Qo‘qon shahar fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tarkibi tasdiqlangan edi.

 

Saylov jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan komissiya yig‘ilishida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Shahar hokimi fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini qonun hujjatlariga to‘la muvofiq holda tashkil etish hamda o‘tkazish, saylovni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash, saylovni o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.