O‘zbekiston Respublikasining fuqarolar yig‘ini saylovi to‘g‘risidagi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan, bugun Qo‘qon shahridagi mahallalarda fuqarolar yig‘ini raislari saylovi boshlandi.
“Bunyodkor”, “Oltin vodiy”, “Achchik ko‘l”, “Zilol”, “Ashurali Zohiriy” mahallalarida saylovlar oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.
Fuqarolar raislikka nomzodlarning ma’ruzasi, kelgusi faoliyati dasturi bilan tanishib, yashirin ovoz berish orqali o‘z saylov huquqlarini amalga oshirmoqda.
Amaldagi qonunchilikka asosan, mahalla rasilari uch yil muddatga saylanadi. Qo‘qon shahar fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, 31 mayga qadar mahalla raislari saylovlari Qo‘qon shahridagi barcha mahallalarda o‘tkaziladi.