Fri. Apr 19th, 2024

Prezidentimizning “2024 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahrida ichimlik suvi tarmoqlaridagi bosimni oshirish maqsadida 17 milliard 495 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga Movarounaxr va Usmon Nosir ko‘chalaridagi tarmoqlarni o‘tkazishda yuqori sifatli qurilish materiallaridan foydalanish, ishlarni amaldagi qurilish normalari asosida bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.