Prezidentimizning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asoasan aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
2022 yilda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalar tomonidan uning hududiy bo‘limlari bilan birga konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha reja jadvaliga asosan Qo‘qon musiqali drama teatrida «Lazgi» ashula va raqs ansamblining konserti o‘tkazildi.
Konsertda ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar, taronalardan Qo‘qon shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.