Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Billur rich” korxonasi faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish hamjmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini o‘rgandi.
Korxonada mato bo‘yash va matoga gul bosish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda bu yerda 100 nafardan ziyod fuqarolar ish bilan ta’minlangan. Joriy yil boshidan beri 420 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotlar xorijga eksport qilindi.
Marufjon Usmonov korxona rahbariyati bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, korxonani rivojlantirish istiqbollari, Prezident qaroriga asosan muqobil energiya manbaalaridan foydalanishni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi.