Memorandumning imzolanishiga bir yildan ziyod vaqt davomida Qo‘qon shahar hokimligi va Janubiy Koreyaning Hanshin Engineering & Construction Co., Ltd kompaniyasi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida erishildi.
![](https://qoqon.uz/wp-content/uploads/2021/02/02-25-1024x639.jpg)
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Hanshin Engineering & Construction Co., Ltd bosh direktori janob Choy Mun K’yu tomonlaridan imzolangan kelishuv Koreyalik sarmoyadorlarga 49 gektar yer maydoni ajratish, qurilish maydonigacha elektr, suv, gaz, aloqa tarmoqlarini yetkazib berilishini nazarda tutadi. Koreyaliklar, o‘z navbatida 60 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya kiritish, zamonaviy ko‘pqavatli uylar qurib berish majburiyatini oldilar.
![](https://qoqon.uz/wp-content/uploads/2021/02/03-9-1024x639.jpg)
Farobiy mavzesida qad qo‘tarishi kutilayogan ko‘pqavatli uylar hududidagi maktab, bog‘cha kabi ijtimoiy ob’ektlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan quriladi.
![](https://qoqon.uz/wp-content/uploads/2021/02/04-3-1024x639.jpg)
Loyiha 5 yil davomida, 2021-2026 yillarda amalga oshiriladi. Sarmoyadorlar ikki oy muddatda qurilish loyhasini taqdim etadi.