Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bayram tadbiriga tashrif buyurgan keng jamoatchilik vakillari, harbiylar, nuroniylar va yoshlar, mahalla tizimi mutasaddilarini samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda amalga oshirilgan Konstitutsiyaviy islohotlar, Konstitutsiyaning xalq irodasini ifoda etuvchi Bosh qonun sifatidagi keng ma’nodagi mazmun mohiyati, Konstitutsiyamizda belgilab berilgan huquq va erkinliklar hususida nutq so‘zladi.
Yoshlar ansambli tomonidan ijro etilgan O‘zbekiston madhiyasini barcha tik turib, jo‘r bo‘lib, kuyladi.
Konstitutsiyamizning ahamiyati, jamiyat hayotida tutgan o‘rnini ramziy ma’nolarda ifodalovchi badiiy chiqishlar, Konstitutsiya moddalaridan remarkalar tomoshabinlarda cheksiz g‘urur va iftihor tuyg‘ularini uyg‘otib, ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.
Vatanparvar qo‘shiqlarni qo‘llarini baland ko‘tarib, uyali aloqa telefonlari chiroqlarini yoritib, birgalashib kuylagan yoshlar, milliy kuylardan tuyg‘ulari jo‘sh urib raqsga tushib uynagan tomoshabinlar tadbirni chinakam xalq bayramiga aylantirdi.