Thu. Jul 25th, 2024

Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzuraxon Salimova Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Qo‘qon Neft va gaz sanoati texnikumi talabalari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Konstitusiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berdi.

Xususan, Qonstitusiyaning 43 – moddasida “Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi” deb, belgilab qo‘yilmoqda.

Konstitusiyaga ushbu yangi normaning kiritilishi kasbiy va qayta tayyorlash orqali ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishiga konstitusiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.