Qo‘qon musiqali drama teatrida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov barchani kirib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etib, Yangi O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirishda Bosh qomusimiz muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Bayram tadbirida milliy kuy-qo‘shiqlar, vatanparvarlik mavzusidagi sahna ko‘rinishlari, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etildi.